Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq armiyasi Mo‘sul hokimiyati binosini egalladi, bosh vazir shaharga keldi
Iroq armiyasining ilg‘or bo‘linmalari Mo‘sulni IShIDdan ozod etish amaliyoti davomida shahardagi hokimiyat binosini egalladi. Al Sumaria telekanali xabariga ko‘ra, mamlakat bosh vaziri Haydar al-Obodiy shaharga kelgan. Bu bosh vazirning ushbu shaharga 2014 yildan buyon, ya'ni shahar jangarilar qo‘liga o‘tganidan buyon ilk tashrifidir.
Shuningdek, iroqlik harbiylar Naynava viloyati hokimiyat binosi hamda Al-Xuriya ko‘prigi ustidan nazorat o‘rnatgan.
Harbiylar Iroq markaziy banki binosini qo‘lga kiritgan, jangarilar bu binodan o‘tgan 2 yil davomida sud majlislari o‘tkazish uchun foydalanib kelayotgandi.
Mo‘sulni IShIDdan ozod etish uchun keng ko‘lamli harbiy amaliyot 2016 yilning oktabrida boshlangandi. Hukumat qo‘shinlari 2017 yilning 18 yanvarida shaharning sharqiy qismini egalladi. Mo‘sulning g‘arbiy qismini ozod etish bo‘yicha navbatdagi yurish 19 fevral kuni boshlangandi, oy oxirida shaharni tashqi dunyo bilan bog‘lab turgan oxirgi yo‘l Iroq armiyasi nazoratiga o‘tdi va IShID shahardan jangarilari hamda harbiy texnikasin olib ketish imkonidan mahrum bo‘ldi.
Shu kunning o‘zida tashkilot rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy mag‘lubiyatni tan oldi.
Mavzuga oid
17:59 / 29.12.2025
Turkiyada 3 nafar politsiya xodimi IShIDga qarshi operatsiya chog‘ida halok bo‘ldi
12:30 / 26.12.2025
AQSh Nigeriyada IShID obektlariga zarba berdi
00:00 / 15.12.2025
Suriyada IShIDga qarshi operatsiya boshlandi
11:39 / 01.12.2025