Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hongkongda 1 tonnadan ortiq quritilgan nahang qanotlari musodara qilindi
Xitoyning Hongkong ma'muriy tumani bojxona xizmati salkam 1280 kg quritilgan nahang qanotlarini musodara qildi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi.
Xabarlarga ko‘ra, quritilgan qanotlar Hongkongga Keniya, Peru, Hindiston va Misrdan kelgan 4ta konteynerda bo‘lgan. Ular yo‘qolib ketish ostonasida turgan uzunqanotli va to‘mtoqboshli nahanglarga tegishli bo‘lgani aniqlangan.
Mahsulotlar Kuychun bojxona punktida musodara qilingan. Maxsus amaliyot Hongkong qishloq xo‘jaligi, baliqchilik va atrof-muhitni muhofaza qilish departamenti va bojxona xizmati bilan hamkorlikda amalga oshirilgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:50
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
20:50 / 10.06.2026
Hongkongda 168 kishi halok bo‘lgan yong‘in ishi bo‘yicha ayblov e’lon qilindi
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
08:32 / 03.06.2026