Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik talaba politsiyachilarga mast emasligini antiqa usulda isbotladi
AQShning Arkanzas shtatidagi Konue universiteti talabasi Bleyk Pakett uni to‘xtatgan politsiyachilar oldida mast emasligini isbotlashga majbur bo‘ldi. U buning uchun o‘z mohirligi va abjirligidan foydalangan, deb xabar qilmoqda Uproxx.
4 mart kuni ikki nafar politsiyachi orqa chirog‘i singan va «JUGGLER» raqami bilan sekin harakatlanayotgan mashinaga ko‘zlari tushgan. Huquq idoralari xodimlari haydovchi mast bo‘lishini taxmin qilib, shubhali avtomobilni to‘xtatishgan. Rulni boshqarayotgan yosh yigit esa universitet kutubxonasidan uyiga qaytayotganini aytgan.
Shundan so‘ng, Pakett politsiyachilarga professional ko‘zboylag‘ich ekanini aytgan. Bleyk o‘zining mast emasligini isbotlash uchun orqa o‘rindiqdagi uchta keglni olib, ularni havoda o‘ynata boshlagan. Bundan tashqari, u politsiyachilarning biridan ushbu jarayonni videoga olishni so‘ragan.
«Bu bizning kechamiz bo‘ldi», — degan politsiyachilardan biri.
Pakettning tan olishicha, u mazkur uchrashuvdan ko‘proq rohatlangan.
Mavzuga oid
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
20:29 / 11.06.2026
Eron afsonaviy Apacheʼni urdi. Urush qaytalandi
14:07 / 11.06.2026