Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar O‘zbekistonni alohida ta'kidlab o‘tdi
BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Raad al-Husayn butun dunyodagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat haqidagi hisobotida O‘zbekistonning yutuqlarini ta'kidlab o‘tdi, deb xabar bermoqda BMT radiosi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi prezident odil sudlov tizimi samaradorligini oshirish, adolatli va mustaqil sud jarayonlarini ta'minlashga qaratilgan qonunlarni qabul qilmoqda.
"Yaqinda, oktabrda huquq sohasidagi islohotlar haqidagi qonunda sudlar mustaqilligi va odil sudlov jarayonlari shartlari ifodalab berildi. Mazkur qonunlarning joriy etilishi - butun O‘zbekiston xalqi uchun kelgusidagi ijobiy o‘zgarishlar borasida muhim ahamiyat kasb etadi", - dedi Zayd Raad al-Husayn.
Uning fikricha, qator mahkumlar, jumladan, 18 yildan buyon qamoqda bo‘lgan jurnalist Muhammad Bekjonovning ozodlikka chiqarilishi qabul qilingan qonunlarning amaliy natijasidir.
Mavzuga oid
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
22:02 / 02.05.2026