Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya armiyasi o‘ta aniq intellektual raketalar bilan qurollanmoqchi
Shimoliy Koreya armiyasi o‘ta aniq intellektual raketalar bilan qurollanadi va " raketa zarbalarini berishning yangi usullarini o‘zlashtirib oladi". Bu haqda Shimoliy Koreya armiyasi strategik qo‘shinlari vakilining bayonotida aytilgan.
Vakilning aytishicha, Shimoliy Koreya armiyasi qo‘shinlari "agar dushmanning birorta o‘qi Shimoliy Koreya hududiga tushsa, agressorlar va ig‘vogarlarning bazalarini yadroviy jangovar kallaklar bilan jihozlangan raketalar yordamida kulini ko‘kka sovuradi".
6 mart kuni Shimoliy Koreya 4 ta ballistik raketa sinovini o‘tkazgandi. Bunda ishtirok etgan Shimoliy Koreya artilleriya qismlari Yaponiyada joylashgan AQSh bazalariga raketa zarbalarini berish bo‘yicha taktikani mashq qilishgan.
BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreyaning "borgan sari barqarorsizlantiruvchi xatti-harakatidan" xavotir bildirmoqda. 7 mart kuni BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan ma'qullangan bayonotda ta'kidlanishicha, Shimoliy Koreya harbiylari raketa sinovlarini o‘tkazib yadroviy qurolni yetkazish vositalarini takomillashtirmoqda va shu bilan "mintaqada qurollanish poygasi xavfini kuchaytirmoqda".
Mavzuga oid
20:01 / 01.03.2026
Axloqqa zid va noqonuniy. Rossiya, Shimoliy Koreya va Xitoy Xominaiyning o‘ldirilishini qoraladi
15:55 / 13.02.2026
Kim Chen In qizini voris sifatida tanlab bo‘lgan – Janubiy Koreya razvedkasi
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
20:02 / 05.11.2025