Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida bir haftada 30ta jinoyat fosh etildi
2017 yilning 3-8 mart kunlarida Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi sohaviy xizmatlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lum qilindi. Jamoat tartibini saqlash, fuqarolarni xavfsizligini ta'minlash, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izi”dan fosh etish, jinoyatlar sodir etilishini oldini olish va profilaktikasi borasida Toshkent shahar IIBBda tashkil etilgan matbuot brifingida axborot berildi.
Unga ko‘ra, har bir sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik muqarrarligini ta'minlash maqsadida, jinoyatchilikka murosasiz kurashish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida fosh etilmagan 30ta jinoyat, shundan 14ta o‘g‘irlik, 11ta firibgarlik, 3ta talonchilik, 1ta bezorilik va 1ta tan jarohati yetkazish jinoyatlari fosh etildi. Shuningdek, qidiruvda bo‘lgan 45 nafar shaxs ushlandi.
Brifingda ta'kidlanishicha, mulkiy turdagi jinoyatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida, ko‘p qavatli uylar atrofiga, jinoyat sodir etilishi ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarga 561 ta videokuzatuv moslamalari o‘rnatilgan, 90ta xonadon va obektlar zamonaviy qo‘riqlov pultlariga ulangan.
Mavzuga oid
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
16:48 / 15.05.2026