Jahon | 23:24 / 09.03.2017
4976
1 daqiqa o‘qiladi

Tusk Yevrokengash rahbari lavozimida qoldi

Foto: RIA

Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar yetakchilari Yevrokengash raisi Donald Tuskning bu lavozimdagi vakolatini uzaytirdilar. Bu haqda Lyuksemburg bosh vaziri Ksave Bettel tvitterda ma'lum qildi. 

"Bizda Yevrokengash raisi bor, Yevrokengash raisi Donaldga omad", deb yozgan Bettel tvitterda. Tuskni shuningdek Belgiya bosh vaziri Sharl Mishel va Yevroparlament raisi Antonio Tayani ham tabriklagan.

Tusk ham uning nomzodini qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildirgan. 

Biroq Polshadagi yetakchi "Huquq va adolat" partiyasi rasmiy vakili Beata Mazurek Tuskning qayta saylanishi Yevropaga hech qanday yaxshilik olib kelmasligini aytgan.

Tusk bu lavozimda 2017 yil iyunidan 2019 yil noyabrigacha faoliyat yuritadi. Tuskning qayta saylanishiga Polsha qarshi chiqqandi. Polsha hukumatining fikricha, Tusk o‘z lavozimidan Polshaning ichki ishlariga aralashishda foydalanadi. 

Tusk Yevrokengashga 2014 yil dekabrdan raislik qila boshlagan.

Mavzuga oid