Rossiya 1 avgust kuni Yevropa kengaşining milliy ozçiliklarni himoya qiliş böyiça doiraviy konvensiyasidagi iştirokini rasman töxtatdi. Bu haqda 14 avgust, çorşanba kuni rasmiy huquqiy hujjatlar portalida joylaştirilgan Rossiya TIV hujjatida aytiladi. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2023 yil sentabr oxirida Davlat dumasiga Yevropa Ittifoqi konvensiyasini denonsatsiya qiliş töğrisidagi qonun loyihasini kiritdi. Oktyabr oyida hujjat Rossiya parlamenti tomonidan qabul qilingan va davlat rahbari tomonidan imzolangan. 

Qonun loyihasiga tuşuntiriş xatida Yevropa kengaşi Vazirlar qömitasi 2022 yil sentabrida rossiyalik ekspertning konvensiya böyiça iştirokçi davlatlar majburiyatlari bajarilişini nazorat qiliş uçun tuzilgan qömitadagi vakolatlarini sezilarli darajada çeklagani körsatilgan. Rossiya Federatsiyasi, şuningdek, qarorlar işlab çiqişda iştirok etiş va milliy ozçiliklar, birinçi navbatda, çet eldagi rusiyzabon aholi huquqlarining buzilişi holatlarini kuzatiş imkoniyatidan mahrum böldi. Bundan taşqari, hujjatda qayd etilişiça, konvensiyadan çiqiş Rossiya Federatsiyasiga Yevropa kengaşi monitoringi doirasida «kamsituvçi munosabatlardan qoçiş» imkonini beradi. 

Rossiya 1996 yilda milliy ozçiliklarni himoya qiliş töğrisidagi konvensiyani imzolagan

Rossiya 1996 yil fevral oyida milliy ozçiliklarni himoya qiliş böyiça doiraviy konvensiyani imzoladi. Hujjat, xususan, milliy ozçiliklarning irodasiga qarşi assimilyatsiya qilinişini, kamsitilişini taqiqlaydi, şuningdek, milliy ozçiliklar öz tilidan erkin foydalaniş huquqini ta’minlaydi. 

2022 yil fevral oyida Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga keng kölamli harbiy hujumi boşlanganidan söng, Yevropa kengaşi Vazirlar qömitasi Rossiyaning kengaş nizom organlaridagi vakolatini töxtatdi. Öşa yilning mart oyida qömita Rossiyani taşkilotdan çiqariş töğrisidagi rezolyutsiyani ma’qulladi va Rossiya Federatsiyasi Yevropa kengaşi Boş kotibini taşkilotdan çiqiş niyati haqida rasman xabardor qildi. 2023 yil fevral oyida Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi uşbu taşkilot bilan Rossiyaga nisbatan 21 ta xalqaro şartnomani, şu jumladan inson huquqlari böyiça konvensiyani bekor qiliş töğrisida qonun qabul qildi.