Bu fikrlarni Polşa boş vaziri Donald Tusk şanba, 25 oktyabr kuni The Sunday Times naşri çop etgan intervyusida bildirdi.

Tuskning aytişiça, Kiyevda uruş yanada çözilsa, aholi va Ukraina iqtisodi uçun uning narxi qay darajada oğir bölişi mumkinligi borasida xavotir bor.

“Men Ukraina mustaqil davlat sifatida yaşab qolişiga şubha qilmayman. Hozirgi asosiy savol — qurbonlar soni qança böladi. Prezident (Ukraina rahbari Volodimir. — tahr.) Zelenskiy (23 oktyabr. — tahr.) menga uruş ön yilga çözilib ketmasligiga umid qilişini, ammo Ukrainaning yana ikki-uç yil kuraşişga tayyorligini aytdi”, — dedi Polşa hukumati rahbari.

Uruş Rossiya iqtisodiyotiga ham zarar yetkazayotganini bildirgan Tuskning ta’kidlaşiça, Moskva uzoq muddatli istiqbolda “omon qoliş imkoniga ega emas”, vaziyat AQŞning yangi neft sanksiyalari bilan yanada oğirlaşgan.

Şu bilan birga, Tusk içki muammolar Putinni yanada tajovuzkor qilişini aytdi va Oq uy rahbari Donald Trampning Moskvaga nisbatan yangi yondaşuvi qay darajada “barqaror” bölişiga şubha bildirdi.

“Ruslar (iqtisodiy jihatdan. — tahr.) juda oğir ahvolda. Bu biz ğalaba qozonayotganimizni anglatadimi? Yöq, aslo. Ular Ğarbga, ayniqsa Yevropaga nisbatan bitta katta ustunlikka ega: kuraşişga tayyor... uruş vaqtida bu hal qiluvçi masala. Agar kuraşişga tayyor bölmasangiz yoki, kamida, biror narsadan voz keçmasangiz, ğalabaga umid yöq”, — deya urğuladi boş vazir.

Tusk Buyuk Britaniyani ham NATO va RF örtasida uruş çiqsa, “çetda qoliş” haqidagi “şirin xayol” bilan yaşamaslikka çaqirdi. Uning sözlariga köra, may oyida Kiyevga qöşma taşrif davomida Britaniya boş vaziri Kir Starmer unga Londondagi Kentiş-Taunda sobiq uyiga qator yonğin qöyiş holatlari qayd etilganini, ularni, ehtimol, rus razvedkasi taşkil etganini aytgan. Tusk Britaniya jamoatçiligining bu voqeaga befarq munosabatidan hayratda qolganini qöşimça qildi.

“Muammo şundaki, Britaniyada bu heç kimni hayratga solmadi. Oçiğini aytsam, men şokka tuşdim. Bu haqda britan matbuoti yozgandan keyin ham reaksiya xuddi ‘Arsenal’ bilan ‘Liverpul’ örtasidagi futbol öyini haqida gap ketayotgandek böldi. Agar ruslar bunday işni rejalaştirişga va amalga oşirişga tayyor va qodir bölsa, demak, ular hammasiga tayyor va qodir”, — deb hisoblaydi u.

Polşa boş vaziri ta’kidlaşiça, agar Moskva Belarus yoki Kaliningradda “Oreşnik” gipertovuşli ballistik raketalarini joylaştirsa, Londonni ham qöşib, istalgan Yevropa poytaxtiga yadroviy zarba beriş imkoniga ega böladi.

“Xavf, birinçi navbatda texnologik jihatdan, global va universal tusga ega”, — dedi u. Unga köra, Polşa temiryöllari va şifoxonalarini ta’minlaydigan infratuzilma allaqaçon kiberhujumlarga uçrayapti. “Şu bois uzoqdasiz, bu sizning uruşingiz emas, faqat Ukrainaniki yoki Polşaniki, deb öylaş kabi şirin xayolda yaşab bölmaydi”, — deya qayd etdi naşr suhbatdoşi.

Bundan oldin, 22 sentabr kuni, Tusk Polşa öz havo hududi buzilgan hollarda qat’iy çora körişini aytgan edi.

“Havo hududimizga kirib kelgan va Polşa ustida uçadigan ob’ektlarni urib tuşiriş haqida qaror qabul qilamiz — bu borada heç qanday şubha yöq”, — dedi u matbuot anjumanida.

“Biroq yaqinda Petrobaltic platformasi ustida Rossiya samolyotlari parvozi kabi — aniq buziliş bölmagan hollarda (çunki bu bizning hududiy suvlar emas) — mojaroni keskin bosqiçga olib borişi mumkin bölgan harakatlar töğrisida qaror qabul qilişdan oldin rostdan ham yaxşilab öylaş kerak”, — deya Reuters uning sözlarini keltiradi.

Şu bilan birga, Tusk ittifoqçilar bunday harakatlarga “aynan biz singari” munosabatda bölişiga yuz foiz işonç hosil qiliş lozimligini ta’kidladi.