Jahon | 21:18 / 10.03.2017
4052
2 daqiqa o‘qiladi

Chexiya politsiyasiga Hyundai mashinalari yetkazib beriladi

Chexiya politsiyasi yaqin orada Skoda markasidagi avtomobillardan voz kechishi mumkin. Chexiyalik politsiyachilarga Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi avtomobillar yetkazib beruvchi asosiy kompaniyaga aylanishi taxmin qilinmoqda. Kompaniya o‘tgan yil Chexiya ichki ishlar vazirligi tomonidan avtomobillar sotib olish bo‘yicha e'lon qilingan tenderda eng past narxni taklif qilgan va buning evaziga Chexiyaning milliy avtomobilsozlik kompaniyasini tenderdan chiqarib yuborgan. Bu haqda Pragadagi yuqori lavozimli mansabdor shaxs ma'lum qilgan.

"Tender hali yakunlanmagan, biroq uning favoriti Hyundai kompaniyasi ekanligi rasman tasdiqlangan. Bu kompaniya Chexiya politsiyasiga 616 ta mashina yetkazib berish bo‘yicha shartnomani oladi. U taklif qilgan narxlar raqobatdan tashqarida bo‘lgan. Skoda politsiyaga avtomobillar yetkazib beruvchi yagona kompaniya bo‘lib qolishni juda istagandi, biroq bunga muvaffaq bo‘la olmadi", deb aytgan manba. 

Bundan tashqari, Hyundai chexlarga turli modeldagi avtomobillarni tanlash imkoniyatini taklif qilgan. Mashinalarga sirenalar va boshqa maxsus qurilmalar o‘rnatish rejalashtirilgan. 

Skoda o‘zi tomondan Janubiy Koreya kompaniyasi taklif qilgan narxlarning demping deb tan olinishiga qaratilgan "muayyan huquqiy qadamlarni" amalga oshirgan, biroq Chexiyaning antimonopol boshqarmasi uning e'tiirozlarini asoslanmagan deb topgan.

Manbaning ma'lum qilishicha, tender natijalari ikki hafta ichida e'lon qilinadi.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid