Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Tojikistondagi GES faoliyatini qayta tiklashga qo‘shimcha sarmoya kiritadi
Germaniya hukumati Pamir Energy kompaniyasiga qo‘shimcha ravishda 2,4 million yevro miqdorida mablag‘ taqdim etadi. Bu mablag‘lar Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatidagi Murg‘ob tumanida joylashgan «Oqsuv-1» GESini reabilitatsiya qilishga sarflanadi.
Shu haqdagi moliyaviy shartnoma 2017 yil 4 mart kuni Tojikiston iqtisodiy taraqqiyot va savdo vaziri Ne'matullo Hikmatullozoda, Pamir Energy bosh direktori Daler Jumayev va Germaniyaning Tojikistondagi Taraqqiyot banki shoxobchasi direktori Kristin Laabs tomonidan imzolandi, deb xabar qilmoqda Germaniyaning Dushanbedagi elchixonasi.
«Oqsuv-1» GESida rejalashtirilgan ishlar amalga oshirilgach, belgilangan 1,02 MVt Murg‘ob tumani ma'muriy markazi va atroflarini elektrenergiyasi bilan ta'minlashga yetadi.
Hozirda, ushbu GES ishlab chiqarayotgan energiya aholi ehtiyojlariga yetmayapti. Umuman, Germaniya hukumati mazkur gidroelektrstansiya uchun 7,4 mln yevro mablag‘ ajratgan.
Qurilish ishlarini 2018 yilda yakunlash rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
08:51 / 04.06.2026