O‘zbekiston va Qozog‘iston xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda
2017 yilning 10 mart kuni Toshkent shahriga Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining yordamchisi – Qozog‘iston Respublikasi Xavfsizlik kengashi kotibi V.Jumakanov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Ikki davlat tashkilotlari va huquq-tartibot idoralari rahbarlari ishtirok etgan muzokaralarda barqarorlik va xavfsizlikka tahdidlar, diniy ekstremizm va terrorizm bilan kurash sohasidagi hamkorlik, noqonuniy migratsiya va boshqa xavfli holatlar bo‘yicha o‘zaro harakatlar istiqbollari muhokama qilindi.
O‘zaro fikrlar almashinuvi ikki mamlakatning xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha pozitsiyalari o‘xshashligini tasdiqladi.
Paydo bo‘ladigan zamonaviy tahdidlarga hamkorlikda javob choralari ko‘rish uchun o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqildi.
Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni 2013 yilda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik to‘g‘risidagi Kelishuv ruhida yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini ta'kidlab o‘tishdi.
Ta'kidlanishicha, ikki mamlakatning xavfsizlik sohasidagi o‘zaro harakatlari butun Markaziy Osiyo mintaqasi barqarorligi va turg‘un rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ikki tomonlama maslahatlashuvlarning idoralararo mexanizmi birinchi yig‘ilishi kun tartibida ikki mamlakat huquq-tartibot idoralari va kuch mahkamalari o‘rtasidagi zamonaviy barqarorlik va xavfsizlik tahdidlariga qarshi kurashdagi o‘zaro harakatlar, tegishli idoralarning noqonuniy migratsiya bilan kurash sohasidagi hamkorligi, ikki mamlakat bojxona organlari o‘rtasidagi hamkorlik va ma'lumot almashishni kengaytirish masalalari bor.
Mavzuga oid
09:40
«Forish» poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
20:54 / 11.11.2024
Qozog‘iston bahorda Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 milliard kub metr suv oladi
20:06 / 11.11.2024
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi
17:25 / 11.11.2024