Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pirelli Jyenevada ikkita yangilikni taqdim etdi
Pirelli kompaniyasi Jyeneva avtosalonida ikkita yangi ishlanmani taqdim etdi, ulardan biri ma'lumotlar saqlab qolish joyiga shinalarni ulash texnologiyasidir. Uning yordamida avtomobil egalari pokrishkalar haqidagi ma'lumotni smartfon orqali olishlari mumkin.
Texnologiya Pirelli Connesso deb nomlanadi va P Zero hamda Winter Sottozero shinalarida ishlatilishi mumkin. Unda bosim va harorat, tik statistik yuklamani aniqlaydigan, shuningdek pokrishka qancha kilometr yo‘l bosib o‘tganini hisoblab boruvchi datchik bor.

U barcha ma'lumotni Pirelli Cloud ma'lumotlar saqlash joyiga yuboradi, u yerdan esa, qayta ishlangan axborot avtomobil egasi smartfoniga maxsus ilova orqali kelib tushadi.
Ishlab chiqaruvchilarning fikricha, tizim sportkarlar egalariga ham (masalan, real vaqt rejimida rezina haroratini kuzatish uchun), oddiy avtomobil haydovchilariga ham foydali bo‘ladi. Bunda mexaniklarga pokrishkalar bilan bog‘liq muammolarni masofadan turib bilish hamda ta'mirlash uchun o‘z vaqtida yetib borishga imkoniyat yaratiladi.
Datchik yordamida shinalardan qancha foydalanish mumkinligini taxmin qilish mumkin, kuchli yeyilishda esa Pirelli mobil ilovasi yaqin oradan do‘kon topish va kerakli pokrishkalarni avvaldan buyurtma qilishga yordam beradi.

Connesso tizimi AQShda 2017 yilning yozidan ishlay boshlaydi, keyinchalik Yevropada ham paydo bo‘ladi.
Pirelli’ning Jyenevadagi yana bir yangiligi Formula-1 g‘ildiraklari uslubidagi “rangli” shinalar. Unda yon tomonga tushirilgan chiziq va kompaniya belgilari bor. Ko‘rgazmada sariq, qizil, ko‘k va oq polosali nusxalar taqdim etildi.
Ranglar uzoq muddat saqlanib qolishi uchun kompaniya materialni qo‘llashda “formula” texnologiyalaridan foydalandi.
Avvaliga rangli pokrishkalarni 19 dyuymlik o‘lchamda xarid qilish mumkin. Kompaniya dastlabki buyurtmalarni qabul qilib olmoqda, narx-navo esa hozircha aniq emas.



Mavzuga oid
15:48 / 10.06.2026
Jyenevada O‘zbekistonning bolalar mehnatiga qarshi kurashdagi yutuqlari yuqori baholandi
10:51 / 24.02.2026
AQSh va RF Jyenevada yadroviy qurollar bo‘yicha shartnomani muhokama qildi
09:27 / 19.02.2026
Rossiya va Kiyev delegatsiyalari Jyenevadan uchib ketishdan oldin yana bir bor uchrashdi
08:29 / 19.02.2026