Suriya Turkiya o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishini talab qilmoqda
Suriya tashqi ishlar vazirligi BMT va xalqaro hamjamiyatdan Turkiyaga o‘z qurolli kuchlari bo‘linmalarini Suriya hududidan olib chiqib ketish majburiyatini qo‘yishni talab qilmoqda. Bu haqda Suriya tashqi ishlar vazirligining BMT bosh kotibi va Xavfsizlik kengashi raisi nomiga yuborilgan maktubida aytilgan.
Bu murojaatga ko‘ra, Suriya hukumati BMT bosh kotibi, Xavfsizlik kengashi raisi va xalqaro hamjamiyatdan Turkiyaga Suriya hududidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketish va Yaqin Sharq mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni saqlash uchun "tajovuzkor harakatlarni to‘xtatishni" majburiyatini qo‘yishni talab qilmoqda.
Maktub turk armiyasi va "Frot qalqoni" operatsiyasi kuchlari Halab viloyatidagi Manbij shahrida joylashgan suriyalik chegarachilarni o‘qqa tutganlaridan keyin yo‘llangan. Ma'lum qilinishicha, hujum 9 martga o‘tar kechasi sodir etilgan, buning oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgan va jarohat olgan.
Suriya qurolli kuchlari qo‘mondonligi vakili bu voqeaga izoh berarkan, "Turkiyaning Suriyaga nisbatan tajovuzi Suriya armiyasi va uning ittifoqdoshlari muvaffaqiyatlariga to‘sqinlik qilishga urinish" deb aytgan.
Mavzuga oid
14:50
BMT: 2023 yilda parnik gazlar konsentratsiyasi yangi rekord darajaga yetdi
08:56
BMT bosh kotibi Isroilning UNRWA ishini taqiqlash qaroridan chuqur xavotirda
10:30 / 29.10.2024
BMT bosh kotibi: G‘azo shimolidagi aholi chidab bo‘lmas ahvolda
15:30 / 26.10.2024