Fan-texnika | 23:47 / 10.03.2017
19579
3 daqiqa o‘qiladi

Jyeneva avtoshousi: Eng yaxshi kontsept-karlar

Jyeneva avtosalonida mashhur brendlarning eng sara avtomobillari namoyish qilindi. Quyida e'tiboringizga hozirda kontsept bo‘lib turgan avtomobillarni taqdim etamiz. 

 

Mercedes-AMG GT Concept
Porsche Panamera’ning bo‘lajak raqobatchisi 805 ot kuchli dvigatelga ega. U "yuz"ga chiqish uchun 3 soniya sarflaydi. 
Ushbu avtomobil 2018 yilda paydo bo‘ldi.

Bentley EXP 12 Speed 6e
Bu elektrokar simsiz quvvatlash funksiyasiga ega. Hozirda to‘liq ko‘rsatkichlar ma'lum qilinmagan bo‘lsa ham, kompaniya vakillari avtomobil bir quvvat bilan Londondan Parijgacha, ya'ni 500 km masofani bosib o‘ta oladi. 

Peugeot Instinct
Bu prototip 300 ot kuchli dvigatelga ega bo‘lib, uning o‘ziga xos xususiyati – avtomobilning pol qismi yupqa qavatli beton bilan o‘ralgan. Kompaniya bergan ma'lumotga ko‘ra, bu xususiyat yo‘lovchilarning yalangoyoq bo‘lib, hordiq chiqarishlari uchun qilingan. 

Hyundai FE Fuel Cell
Hyundai'ning bo‘lajak vodorodli krossoveri shu ko‘rinishda bo‘ladi. Kontsept bitta zapravkada 800 km yura oladi. 
Seriyali variant 2018 yildan sotuvga chiqadi. 

Infiniti Q60 Black S
Bu prototip Formula-1 jamoasi Renault bilan yapon kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. 500 ot kuchli prototip "yuz"ga 5 soniyada chiqadi. 

Hybrid Kinetic Group H600
Bu sedan Hongkongning Hybrid Kinetic Group kompaniyasi buyurtmasiga asosan Pininfarina atelesi tomonidan ishlab chiqilgan. U 2,9 soniya ichida 100 km/soatga chiqadi. Bitta quvvatda taxminan 1000 km masofani bosib o‘tadi. 

Fittipaldi EF7 Vision Gran Turismo
Superkar Fittipaldi Motors kompaniyasi buyurtmasiga asosan Pininfarina atelesi va HWA tomonidan ishlab chiqilgan. Taxminlarga ko‘ra, u qisqa seriyada chiqariladi. Hozirda faqatgina avtomobil Playstation 4 konsolidagi "Gran Turizmo" o‘yinida paydo bo‘lishi aniq. 
Og‘irligi 1000 kg bo‘lgan superkar 600 ot kuchiga ega. 

Vanda Electrics Dendrobium
Dendrobium - Singapurning ilk superkari. U Williams Advanced Engineering bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan. 
Avtomobil 100 km/soat tezlikka chiqish uchun taxminan 3 soniya sarflaydi. Kompaniya uning premerasini 2020 yilda o‘tkazishni rejalashtirgan. 

 

Mavzuga oid