Texnologiya | 21:33 / 10.03.2017
14725
3 daqiqa o‘qiladi

Jyenevadagi eng yaxshi sportkarlar

 Bu yilgi Jyeneva ko‘rgazmasida ko‘plab ajoyib sportkarlar taqdim etildi. Quyida e'tiboringizga ulardan eng yaxshilarini taqdim etamiz.

 

Lamborghini Huracan Performante
Ushbu tezkor avtomobilga 640 ot kuchiga ega V10 dvigatel o‘rnatilgan bo‘lib, 100 km/soat tezlikka 2,9 soniyada chiqadi. U oddiy Huracan’dan 40 kg yengilroq. 

Porsche 911 GT3
Ushbu yangi avlod superkari 500 ot kuchiga ega bo‘lib, “yuz”ga 3,4 soniyada chiqadi. Eng yuqori tezlik 340 km/soat. 

Ferrari 812 Superfast

800 ot kuchli ushbu superkar F12berlinetta modelining o‘rniga chiqarildi. U 100 km/soatga 2,9 soniyada chiqadi, yuqori tezlik 340 km soat/soatni tashkil qiladi.

Alpine A110
Renault’ga tegishli ushbu model 252 ot kuchiga ega bo‘lishiga qaramay, 300 ot kuchiga ega Porsche 718 Cayman’dan tezroq chiqdi. U “yuz” tezlikka chiqish uchun 4,5 soniya sarflaydi. 
Model dastlab 58,500 yevrodan sotuvga chiqadi. 

Honda Civic Type R
Yevropada yozdan boshlab sotuvga chiqadigan model 320 ot kuchiga ega. U avvalgi  Type R modelidan 16 kg yengilroq. 

RUF CTR
Porsche avtomobillarini qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan RUF tyuning-atelesi to‘liq o‘zi ishlab chiqqan ilk avtomobil. CTR umumiy hisobda 30 dona ishlab chiqiladi. Hozirda uning narxi haqida ma'lumotlar berilmagan. 

Audi RS3
Dunyodagi eng tezkor xot-xetch. 400 ot kuchiga ega bo‘lgan avtomobil 100 km/soat tezlikka 4,1 soniyada erishadi. Uning yuqori tezligi 280 km/soatga teng. 

Italdesign V10
Italyan atelesiga tegishli ushbu sportkar atigi 5 dona chiqariladi. Narxi 1,5 mln yevro bo‘lgan Italdesign V10 3,2 soniya ichida 100 km/soat tezlikka chiqa oladi. Unga 610 ot kuchiga ega dvigatel o‘rnatilgan. 

Scuderia Cameron Glickenhaus 003S
Amerikalik millioner Jyeyms Glikenxausga tegishli bo‘lgan kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan 800 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan. Uning yuqori tezligi 349 km/soat. 100km/soat tezlikka erishish uchun 3 soniya sarflaydi. 
Hozirda avtomobil qachon ishlab chiqarilishi va uning narxi haqida hech qanday ma'lumot berilmagan. 

Pagani Huayra Roadster
Umumiy hisobda 100 dona chiqariladigan bu modelning barchasi sotib bo‘lingan. Narxi 280 ming yevroni tashkil qilgan avtomobilga 764 ot kuchiga ega dvigatel o‘rnatilgan. 

Techrules Ren
Avtomobil kontseptga o‘xshab ko‘rinsa-da, kompaniya vakillari uni seriyali chiqarishga tayyor ekanini ta'kidlashdi. U 1305 ot kuchiga ega dvigatelga ega bo‘lib, “yuz”ga chiqish uchun 2,5 soniya sarflaydi. Yuqori tezlik 320 km/soatga teng. Ushbu superkar umumiy hisobda 96 dona chiqariladi. 

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid