Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikki do‘st o‘rtasidagi futbol borasidagi bahs qotillik bilan tugadi
9 martga o‘tar kechasi Gabon poytaxtida futbol uchrashuvi yuzasidan kechgan bahs negizida qotillik sodir etildi. Fransiyaning L'Union gazetasi birinchi sahifasi shu yangilik bilan chiqdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Fransiyaning "PSJ" klubi 18 yoshli muxlisi "Barselona" fanati bo‘lgan do‘stini o‘ldirishga bordi. Qotillikka fransuz klubining Chempionlar Ligasi 1/8 finalida "Barsa"dan mag‘lubiyatga uchragani tufayli do‘stining mazah qilishlari sabab bo‘lgan. Do‘stlar mast holatda bahslashib ketishgan. Qotil do‘stining mazah qilishlariga chida olmay, qo‘liga pichoq olib, do‘stining bo‘yniga zarba bergan.
Jabrlanuvchi voqea joyida jon bergan. Ayni vaqtda qotil o‘smir hibsga olingan.
"PSJ" Chempionlar Ligasi nimchorak final bahsining ilk uchrashuvida "Barsa" ustidan 4:0 hisobidagi ishonchli g‘alabadan keyin javob uchrashuvida 6:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. E'tiborlisi, g‘alaba uchun kerak bo‘lgan 3 ta to‘p uchrashuv asosiy vaqtining oxirgi daqiqalarida va qo‘shib berilgan 5 daqiqa ichida kiritilgan.
Mavzuga oid
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
00:04 / 31.05.2026
«PSJ» ketma-ket ikki marta YeChL g‘olibi bo‘ldi
15:10 / 20.05.2026