Jahon | 10:37 / 11.03.2017
3465
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada prezidentlik saylovlari 9 mayga qadar o‘tkaziladi

Foto: RIA "Novosti"

Janubiy Koreya markaziy saylov komissiyasi prezidentlik saylovlari 9 maydan kechiktirilmay o‘tkazilishi haqida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reyter agentligi.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, MSK raisi saylovlar adolatli va mustaqil bo‘lishini alohida ta'kidlab o‘tgan. Xabar qilinishicha, u siyosiy qarama-qarshiliklar saylov arafasida “bosimning juda ham ko‘payishi”dan tashvishda va aholini “mojaro”ni yengib o‘tib, saylovlarda ishtirok etishga chaqirdi.

Kecha Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi prezident Pak Kin Xening impichmentini tasdiqladi. U o‘tgan yilning 9 dekabrida yirik korrupsiya mojarosidan so‘ng ro‘y bergandi. Pak Kin Xe impichmenti matbuotda Tsoy Sun Sul ismli dugonasining davlat ishlariga aralashishiga yo‘l qo‘ygani haqidagi xabarlar paydo bo‘lgach, ro‘y bergan.

Kutilishicha, navbatdan tashqari saylovlarda Demokratik partiyaning sobiq raisi Mun Chje In ham prezident lavozimi uchun kurash olib boradi, u jamoatchilik fikriga ko‘ra, eng mashhur nomzoddir. Avvalgi saylovlarda In nomzodi muxolifatdan ilgari surilgan hamda u Pak Kin Xega kichik farq bilan imkoniyatni boy bergandi.

Undan keyin reytingda Chxunchxon-Namdo viloyati gubernatori An Xi Chjon va Sonnam shahri hokimi Li Chje Myon, shuningdek, “Xalq partiyasi”dan bo‘lgan An Chxol Su bormoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid