Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Efiopiyada ulkan "chiqindi tog‘i" qulashi natijasida 15 kishi halok bo‘ldi
Efiopiya poytaxti Addis-Abebaning chekka hududida ulkan chiqindi uyumi to‘kilishi natijasida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqida AP agentligi xabar berdi.
Ulkan "chiqindi tog‘i" bir necha beton inshoot va kulbalarni qoplab olgan vaqtda voqea joyida taxminan 150 nafar kishi bo‘lgan. Qutqaruvchilar 37 kishining hayotini saqlab qolishgan, bir necha o‘nlab kishilar hali ham chiqindi uyumi ostida.
Bu yerga chiqindi tashlanayotganiga 50 yildan oshdi. So‘nggi yillarda chiqindilarni boshqa yerlarga tashiy boshlashgan edi, biroq yaqinda o‘sha tumanda istiqomat qiluvchi fermerlar yangi chiqindixona tashkil qilish haqidagi qarorga e'tiroz bildirishdi. Shu bois chiqindilarni yana shahar chetiga tashish boshlandi, halokatga ham ana shu tushunmovchilik sabab bo‘lganligi qayd etildi.
Mavzuga oid
14:48 / 10.09.2025
Efiopiya Afrikadagi eng yirik gidroelektr stansiyani ishga tushirdi
08:01 / 08.08.2025
Efiopiya yo‘lovchi samolyotlarini Rossiyaga ijaraga berishdan bosh tortdi
13:43 / 07.08.2025
Ethiopian Airlines o‘z samolyotlarini Rossiyaga ijaraga bermaydi
16:52 / 01.01.2025