Ethiopian Airlines aviakompaniyasi Rossiyadan samolyotlarni ehtiyot qismlar, xodimlar va texnik xizmat körsatiş bilan bir qatorda «höl» ijara şartlariga köra topşiriş böyiça heç qanday sörov olmagan. Bundan taşqari, kompaniya tegişli şartnomalar tuzişni rejalaştirmagan va bu mavzudagi yangiliklar asossizdir. Bu haqda Ethiopian Airlines 6 avgust, çorşanba kuni X ijtimoiy tarmoğida bir qator ommaviy axborot vositalari va Telegram-kanallari tomonidan ilgari tarqatilgan ma’lumotlarga izoh berdi.
«Biz mijozlarimiz, hamkorlarimiz va aksiyadorlarimizni Ethiopian Airlines xalqaro qonunlar, qoidalar va şartnoma majburiyatlariga töliq muvofiq holda iş olib borişiga işontirmoqçimiz», deyiladi postda.
Ch-aviation portali bir kun oldin, 5 avgust kuni Ethiopian Airlines tomonidan berilgan bayonotga asoslanib, bundan oldin Rossiya tomoni Efiopiya fuqarolik aviatsiyasini tartibga soluvçi organ - Efiopiya fuqarolik aviatsiyasi ma’muriyatiga ötgan hafta sörov yuborganini körsatdi.
Regulyatorning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berişiça, 29 iyul kuni Rossiyaning Efiopiyadagi savdo vakili Yaroslav Tarasyuk boşçiligidagi Rossiya delegatsiyasi Addis-Abebada idora boş direktori Yoxannes Abera bilan muzokaralar ötkazgan. Naşrning yozişiça, hamkorlik imkoniyatlari, jumladan, samolyotlarni ijaraga beriş, texnik xizmat körsatiş va aviatsiya texnikasini yetkazib beriş masalalari muhokama qilingan. Keyinçalik regulyatorning uşbu mavzudagi posti öçirildi, deb xabar beradi Ch-aviation.








