Ethiopian Airlines Efiopiya aviakompaniyasi yölovçi samolyotlarini Rossiyaga ijaraga berişdan boş tortdi. Efiopiya fuqaro aviatsiyasi boşqarmasi (ECAA) Rossiya delegatsiyasi bilan muzokaralar olib borilganligini tan oldi, biroq u Ethiopian Airlines'ga samolyotlarni lizingga beriş böyiça buyruq jönatiş vakolatiga ega emasligini va buni amalga oşirmaganligini ma’lum qildi, deb yozdi Addis Insight Efiopiya axborot portali.

Öz navbatida, Ethiopian Airlines Group boş direktori Mesfin Tasev Rossiya Federatsiyasi bilan samolyotlarni ijaraga beriş masalasi böyiça muzokaralar olib borilgani haqidagi xabarlarni qat’iy rad etib, ularni «butunlay yolğon» deb atadi. Jurnalistlar bilan suhbatda u Rossiya delegatsiyasi bilan uçraşuvda rasmiy kelişuvga erişilmaganini ta’kidladi, deb yozadi naşr.

Şu bilan birga, u ruslarga samolyotlarni ijaraga berişdan boş tortişning ikkita asosiy sababini aytdi. Birinçidan, Ethiopian Airlines hozirda öz faoliyatini faol ravişda kengaytirmoqda va özi yölovçi va yuk havo taşişlariga ortib borayotgan talabni qondiriş uçun qöşimça samolyotlar izlamoqda, dedi Tasev.

Bundan taşqari, u Ukrainaga qarşi uruşi va AQŞ talablariga rioya qilmaslik xavfi tufayli Rossiyaga qarşi xalqaro sanksiyalarga işora qildi. «Rossiya AQŞ sanksiyalari ostida, Ethiopian Airlines esa AQŞ bilan kuçli operatsion va tijorat aloqalariga ega», — dedi Tasev. Uning ta’kidlaşiça, aviakompaniya «xalqaro qoidalar va AQŞ qonunçiligiga muvofiq işlaydi va ularni buziş xavfiga tayyor emas». Aviakompaniya boş direktorining sözlariga köra, bu Rossiya bilan kelişuvga erişiş mumkin emasligining yanada muhim sababidir.