Jahon | 08:20 / 13.03.2017
21786
2 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston Rossiyadan yordam so‘radi

Afg‘oniston hukumati milliy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun 100dan ortiq inshootni tiklashda yordam berishni so‘rab, Rossiyaga murojaat qildi. Bu haqda «Izvestiya» nashri yozmoqda.

Ta'kidlanishicha, Afg‘onistonning Moskvadagi elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha attashesi Muhammad Qosim afg‘on tomoni Rossiya biznesini to‘liq qo‘llab-quvvatlashiga va'da berdi. 

«Afg‘onistondagi ko‘plab inshootlar sovet mutaxassislari tomonidan barpo qilingan va ularni Rossiya tiklashi mumkin. Ularning soni jami 124ta. Ular jumlasiga «Salang» tunneli, Kobuldagi non kombinati, Politexnika universiteti, «Jangalak» avtota'mirlash zavodi hamda Puli-Xumri shahridagi elektrstansiya kiradi», — degan Muhammad Qosim. 

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi inshootlarni tiklash masalasi avval ham Rossiya tomoni bilan muhokama qilingan. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani ham Rossiyaning iqtisodiy ishtirokini qo‘llab-quvvatlaydi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid