Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokimliklar xodimlari maoshiga qancha ustama to‘lanadi?
O‘zbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari xodimlarining lavozim maoshlariga uzoq muddat ishlaganligi uchun har oylik ustama to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatining boshqaruv xodimlariga ustamalar to‘lash umumiy ish stajiga bog‘liq ravishda quyidagi hajmda to‘lanadi:

Ustamaga bo‘lgan huquq xodimlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklarining boshqaruv apparatida ishning 49-oyidan boshlab, ko‘rsatilgan davrlar hisobga olingan holda yuzaga keladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatida boshqaruv xodimlarining ustama olish huquqini beruvchi umumiy ish stajiga:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatidagi ish davri;
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparatidagi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatidagi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari apparatidagi, shu jumladan deputat sifatidagi, shuningdek boshqa davlat organlaridagi ish davri;
• xodim haqiqatda ishlamagan bo‘lsa ham, lekin qonun hujjatlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatidagi yoki ushbu bandning uchinchi xatboshida ko‘rsatilgan organlardagi ish joyi saqlangan vaqt kiritiladi.
Mehnat stajini aniqlash uchun mehnat daftarchasi asosiy hujjat hisoblanadi. Ustama ushbu oyda ishlangan davr, shu jumladan ta'tillar davri va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davrlari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq xodimning ish haqi to‘liq yoki qisman saqlanib qoladigan davr uchun to‘lanadi.
Mehnat daftarchasida yozilmagan mehnat staji Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimlari tomonidan imzo chekilgan ma'lumotnomalar orqali tasdiqlanishi mumkin.
Mavzuga oid
10:15
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026