O‘zbekiston | 18:03 / 13.03.2017
69344
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident yosh iqtisodchiga Toshkentdan hovli sovg‘a qildi

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining iqtisod fani o‘qituvchisi Raufxon Salaxo‘jayev dunyoning 100 nafar eng kuchli yosh iqtisodchisi reytingidan joy olgandi. Research Papers in Economics tashkiloti tomonidan tuzilgan mazkur nufuzli reytingda u 32-pog‘onani egallagan edi. 

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Raufxon Salaxo‘jayevga Toshkent shahri markazidan hovli berilgan.

Raufxonning so‘zlariga ko‘ra, uy 11 mart kuni prezident sovg‘asi sifatida taqdim etilgan.

"Bu sovg‘a avvalambor, men uchun yanada ko‘proq mehnat qilish, kelajakdagi yangi ilmiy g‘alaba, yutuqlar uchun bor kuchimni bag‘ishlashga katta rag‘bat bo‘ladi. Bu orqali butun dunyo O‘zbekistonda davlat va rahbarlar qadrlaydigan olimlar borligini yanada yaxshiroq bilib oladi. Kutilmaganda taqdim etilgan bu uyni meni doim qo‘llab-quvvatlaydigan ota-onam, oila a'zolarimga sovg‘a qilaman", — deydi  Raufxon Salaxo‘jayev Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida.

Avvalroq, Kun.uz nashri dunyoning eng kuchli va yosh iqtisodchilaridan biri bo‘lgan Raufxon Salaxo‘jayev bilan maxsus intervyu tayyorlagandi.

O‘zbek iqtisodchisi dunyoning eng kuchli yosh iqtisodchilari reytingidan joy oldi

Mavzuga oid