Toşkent şahridagi Xalqaro Vestminster universiteti iqtisod fani öqituvçisi Raufxon Salaxöjayev dunyoning 100 ta eng kuçli yoş iqtisodçilari reytingidan joy oldi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Röyxatning birinçi elliktaligida Osiyodan faqatgina Yaponiya, Özbekiston va Hindiston vakili joy oldi. Raufxon Salaxöjayev 32-örinni band etdi. Hali öttiz yoşni qarşilamagan Raufxon makroiqtisoddagi yangi yönaliş «Iqtisodiy ösişning çuqur omillari» böyiça tadqiqot olib borayotgan kam sonli olimlardan. Ilmiy işi davlatlarning iqtisodiy rivojlanişida intellektual kapital va bozor institutlarining rolini tadqiq etişga bağişlangan. Raufxonning 20 ga yaqin ilmiy maqolasi «Intelligence», «Kyklos», «Environmental Research» kabi dunyoning yetakçi ilmiy jurnallarida çop etilgan, «Forbes» agentligi, «National Policy» instituti tomonidan yuqori baholangan. 

Yoş iqtisodçi olim 2012 yili AQŞning «Fulbright» stipendiyasi ğolibi bölib, Nyu-York davlat universitetida iqtisod magistri ilmiy darajasini olgan. Hozir ta'lim dargohida muallimlik qiliş bilan birga Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlaştiriş va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutida katta ilmiy xodim hamdir. 

Raufxon Salaxöjayevning muvaffaqiyati Toşkent Xalqaro Vestminster universiteti uçun London Iqtisod maktabi (Buyuk Britaniya), Angliya banki va Braun universiteti kabi nufuzli ilmiy markazlar qatoriga kirişga yöl oçdi. 

Reyting RePEc (Research Papers in Economics) «Iqtisodiyot fanlari böyiça ilmiy maqolalar» taşkiloti tomonidan tuziladi, loyihani AQŞdagi Federal rezerv banki tadqiqotlar bölimi muvofiqlaştiradi va dunyo böylab 50 mingdan ortiq iqtisodçilar faoliyati kuzatib boriladi. RePEc maqolalarga keltirilgan iqtiboslar, çop etilgan jurnal nufuzi kabi kategoriyalarga asoslanib, turli toifalar böyiça eng yaxşi iqtisodçilar reytingini tuzadi.