Jahon | 08:40 / 13.03.2017
4324
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya va AQSh harbiylari Key Resolve mashg‘ulotlarini boshladi

Janubiy Koreya va AQSh harbiylari Key Resolve nomli ikki mamlakat harbiy bo‘linmalari o‘rtasidagi qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarni boshladi. U Shimoliy Koreya bilan ziddiyat kuchaygan bir vaqtda bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar qilgan Yonxap agentligi. 

Ta'kidlanishicha, 24 martagacha davom etadigan Key Resolve o‘quv mashg‘ulotlarida harbiy harakatlarni kompyuter modellashtirilishidan foydalaniladi. 

Janubiy Koreyaga ko‘ra, ushbu mashg‘ulotlar KXDRdan kelib chiqayotgan tahdidlar sababli o‘tkazilmoqda. Pxenyan ma'muriyati 12 fevralda qattiq yoqilg‘ida o‘rta masofaga uchuvchi «Pukkikson-2» ballistik raketani sinovdan o‘tkazgan edi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid