Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada Venesuela banknotalari musodara qilindi
Braziliya politsiyasi Rio-de-Janeyroning favellaridan birida millionlab Venesuela bolivarlarini musodara qildi, deb xabar bermoqda Telesur kanali.
Mahalliy hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, 40 million bolivar musodara qilingan. Rasmiy kursga ko‘ra bu 4 million dollarga teng, biroq uning "qora bozordagi" asl qiymati 13,5 ming dollarni tashkil qiladi.
Pullar 10 ta paketga qadoqlangan bo‘lgan. Ular mahalliy narkomafiya yetakchilariga tegishli mashinalarda yashirilgan bo‘lgan.
Joriy yil fevralida Paragvay politsiyasi Venesuela markaziy bankining 25 tonna kupyurasini Braziliya bilan chegaradagi Saltos-del-Guayra shahridagi uylardan birida aniqlagandi. Mutaxassislarning taxminicha, bolivarlar Venesuela "qora bozorida" dollarlar xarid qilish yoki bolivarlarni ishlab chiqarishda qo‘llanadigan qog‘ozning sifati yuqori ekanligi tufayli qalbaki dollar tayyorlashda qo‘llanishi mumkin.
Mavzuga oid
18:52 / 24.06.2026
Chexlarga sensatsiya kerak, Braziliya va Koreyaga durang ham yetadi. A, V va C guruhlarida vaziyat qanday?
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026