Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an «irqchilar»ga ovoz bermaslikka chaqirdi
Foto: Reuters
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Niderlandiya bilan diplomatik mojaroni uzr so‘rash orqali hal qilib bo‘lmasligi haqida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
U bu haqda Anqaradagi tadbirda aytib o‘tgan. Prezident shuningdek Niderlandiyaga nisbatan qo‘shimcha harakatlar qabul qilinishi bilan tahdid qildi.
Erdo‘g‘an Germaniya kansleri Angela Merkelni Turkiyaga, xuddi Niderlandiya politsiyasi Anqaraning Rotterdamdagi konsulligi yonida norozilik namoyishi o‘tkazgan turklarga qarshi itlar va suv zambaraklaridan foydalangani kabi hujum qilishda aybladi.
Uning fikricha, Merkel «Niderlandiyadan hech nima bilan farq qilmaydi», u Yevropa Ittifoqiga ko‘chib ketgan turklarni Yevropa davlatlaridagi yaqin orada bo‘lib o‘tadigan saylovlarda «hukumat va irqchilar»ga ovoz bermaslikka chaqirdi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho‘g‘li 11 mart, shanba kuni Rotterdamdagi mitingga tashrif buyurib, Turkiya fuqarolariga 16 aprel kungi referendumga qo‘yilgan konstitutsiyaviy tuzatishlar haqida ma'lumot yetkazishni rejalashtirgandi. Biroq uning samolyoti Niderlandiyaga kiritilmadi. Shundan so‘ng ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik mojaro yuz berdi. Erdo‘g‘an Niderlandiyaga qarshi sanksiyalarni kiritish bilan tahdid qildi.
Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari No‘mon Qurtulmush Niderlandiya elchisiga mamlakatga kirish taqiqlangani haqida ma'lum qildi, Erdo‘g‘an esa Anqara vazirlarining chiqish qilishiga taqiq qo‘yilgani tufayli inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat qilishga tayyor ekanini aytib o‘tdi.
Mavzuga oid
14:43 / 17.12.2025
RF Yevropa sudiga da’volar kiritgan NNTni “nomaqbul” deb e’lon qildi
14:25 / 15.12.2025
Amsterdamda TSAHAL kantori chiqishiga qarshi namoyishda 22 kishi ushlandi
13:53 / 11.12.2025
Polshadagi NATO havo himoyasi missiyasi Niderlandiyaga topshirildi
09:09 / 08.11.2025