Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oltinko‘l eksportbop mahsulotlar yetishtiruvchi namunali tumanga aylantiriladi
Dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqa yerlaridan unumli foydalanish ayni paytda dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi.
Respublika Bosh vaziri o‘rinbosari Z.T. Mirzayev raisligida 13 mart kuni o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida shu masalaga katta e'tibor qaratildi.
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining shu yil 4 martdagi “Dehqon ho‘jaliklari va aholi tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, suvga chidamli, eksportbop daraxt plantatsiyalarini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qaroriga asosan ishlab chiqarilgan Dasturda Respublikamizning barcha viloyatlarida namunali tumanlar tashkil etilishi belgilangan.

Jumladan, 2017 yilda Oltinko‘l tumani aholi xonadonlarida 100 boshdan parranda boqish, limon yetishtirishga mo‘ljallangan issiqxonalar tashkil etish, unabi va grek yong‘og‘i yetishtirish bo‘yicha namunali tumanga aylantiriladi. Hududdagi 30 114 ta xonadonlarning 12 196 tasida parranda boqish, 15 057 tasida esa 151 ming unabi hamda grek yong‘og‘i ko‘chatlari ekish, deyarli barcha xonanonlarda limon ko‘chatlari parvarishlash loyihasini namunali amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Andijon viloyat hokimligi vakillari MDH davlatlari bozorlarini o‘rganib qaytdilar. Tahlillar pirovardida, aholi xonadonlarida mavjud tomorqalardan samarali foydalanish orqali eksportbop mahsulotlarni yetishtirishga faol kirishildi.

Tumanda ushbu loyiha asosida jami 56 mahallaga 1 tadan agrofirma tashkil etilib, o‘z faoliyatini boshladi. Ayni paytda xonadonlar bilan agrofirma hamda tijorat banklari o‘rtasida uch tomonlama shartnomalar tuzilib, kredit hujjatlari tayyorlanmoqda.

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Oltinko‘l tumanidagi tashkilotlar, qishloq va mahalla fuqarolari yig‘inlari, agrofirmalar, tijorat banklari hamda parrandachilik korxonalari rahbarlari ishtirok etgan selektor yig‘ilishidan so‘ng amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan ishlarni tashkil etish bo‘yicha tuzilgan aniq reja haqida so‘zlab, vazifalarni belgilab berdi.
Elmurod Ermatov, Andijon.
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026