Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Portu» mo‘'jiza ko‘rsata oladimi? Kunning eng murakkab savoli haqida
YeChL 1/8 finalining ko‘p masalaga oydinlik kiritib bo‘lingan uchrashuvlaridan biri Turinda bo‘lib o‘tadi. «Yuventus» «Portu»ni qabul qiladi. Tribuna.Uz bu uchrashuv atrofidagi voqealarga ham to‘xtalib o‘tadi.
Birinchi uchrashuvdagi ishonchli g‘alabadan keyin turinliklar chorak final yo‘llanmasini deyarli hal qilib bo‘lishdi va bor e'tiborini qur'a aniqlab beradigan bo‘lajak raqibga qaratishi mumkin deyilmoqda. Ammo chempionlar ligasida biz ko‘rgan mo‘'jizalar oldindan biror narsani aytish to‘g‘ri bo‘lmasligini ko‘rsatib berdi. Kim biladi dersiz balki portugaliyaliklar ham mo‘'jiza ko‘rsata olar. Buning uchun jamoa uchta to‘p farqi yoki 3:1, 4:2 kabi yirikroq ko‘rinishdagi 2 to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishi kerak bo‘ladi
O‘yin oldidan
Yuventus

Allegri shogirdlari Italiya chempionatida ishonch bilan peshqadamlik qilmoqda. Jamoaga bosh sovrin uchun kurashadigan munosib raqib ko‘rinmayapti. Boz ustiga alohida o‘yinlarda ham jamoa ochko yo‘qotadigan pallada ham hakamlarning bilib-bilmay yordam berib yuborishmoqda va bu orqali chempionlik uchun deyarli intriga qolmadi.
Ammo «Yuventus» «Portu»ga qarshi dastlabki uchrashuvda raqib qizil kartochka olguniga qadar yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadi. Faqat bir kishilik ustunlikdan keyin jamoa o‘ziga kerakli natijani qo‘lga kirita olgandi.
Portu

«Portu» ichki chempionatni muvaffaqiyatli boshlay olmagandi. Biroq so‘nggi turlarda jamoa ketma-ket g‘alabalarni qo‘lga kiritdi va hozirga kelib 2-o‘ringa qadar ko‘tarilib oldi va peshqadam «Benfika»dan 1 ochkoga ortda qolmoqda.
Chempionlar ligasida ham jamoa bir tekisda o‘ynay olmadi. Faqatgina so‘nggi turda jamoa ikkinchi qo‘lga kiritgan holda shu bosqichga yetib keldi. Ammo birinchi jamoada imkoniyatlarini pasaytirib yubordi. Endi bu vaziyatdan chiqib ketishi uchun Turinda bir bosh baland sakrashi kerak bo‘ladi
Taxminiy tarkiblar:
«Yuventus»: 1. Buffon, 12. Sandro, 3. Kellini, 15. Bardzali, 23. Dani Alvesh, 5. Pyanich, 6. Xedira, 17. Mandjukich, 21. Dibala, 20. Pyatsa, 9. Higuain.
«Portu»: 1. Kasilyas, 2. Pereyra, 28. Monteyro, 5. Markano, 21. Layyun, 22. Pereyra, 16. Errera, 20. Andre, 19. Jota, 10. Silva, 29. Soaresh
O‘yindan oldingi fikrlar
Dani Alvesh, «Yuventus» himoyachi
Hozirda ham jismoniy va ruhiy tomondan ham yaxshi sport formasiga kirib ulgurdik. Buyog‘iga biz uchun mavsumning eng muhim pallasi boshlanadi. Jamoada barcha birlashib mavsumni o‘ta muvaffaqiyatli yakunlay olishi mumkin. «Yuventus»ga kelganimda bu yerda juda kuchli jamoaga duch kelishimni kutgandim. Italiya A seriyasida ketma-ket besh marta g‘alaba qozongan, YeChL finaliga yetib borgan jamoadan boshqa narsani kutib ham bo‘lmaydi. Men barcha musobaqalarda g‘alaba qozonishni istaydigan jamoaga kelganman. Sheriklarim bilan tarixiy natijani qayd etishimiz mumkinligini yaxshi bilib turibmiz.
Paulo Dibala, «Yuventus» hujumchisi:
«Bu intervyuimni Iker (Kasilyas — Tribuna.Uz izohi) o‘qiydimi yo‘qmi bilmayman. Ammo umid qilamanki, u o‘yindan keyin menga futbolkasini sovg‘a qiladi. Hech bo‘lmasa qo‘lqopini berar. Unga gol urishni istaymanmi? Albatta. Men har bir raqibni hurmat qilaman va ularning har biriga gol urishni istayman. Chunki bu mening ishim.
Mavzuga oid
13:39 / 15.02.2026
«Real»da yirik g‘alaba, Italiya derbisida hakamlik mojarosi. Kun o‘yinlari
12:15 / 02.07.2025
«Real»da yangi yulduz porlashda davom etmoqda, Ramos uyga qaytdi
12:27 / 19.06.2025
Alonso «Real»da durang bilan boshladi, «Siti»da oson g‘alaba
14:28 / 28.10.2024