Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh BMTning inson huquqlari kengashidan chiqish bilan tahdid qilmoqda
AQSh BMTning inson huquqlari kengashi ichida jiddiy islohotlar amalga oshirilmasa, kengashni tark etishga tayyor. Bu haqda AQSh davlat kotibi Reks Tillerson ma'lum qildi.
Uning aytishicha, Vashington hozirda kengash faoliyatining ayniqsa Xitoy, Misr va Saudiya Arabistoni kabi davlatlar bo‘yicha samaradorligini baholash bilan shug‘ullanmoqda.
"Biz a'zolar tarkibini hisobga olib, bu masala bo‘yicha umumiy fikrga qo‘shila olmaymiz. Bu tashkilot inson huquqlariga bag‘ishlangan yagona tashkilot bo‘lishiga qaramasdan, kengash biz unda qola olishimiz uchun jiddiy islohotlarni amalga oshirishi kerak", deb aytdi Tillerson AQShning 9 ta notijorat tashkilotiga jo‘natgan maktubida.
Foreign Policy nashrining yozishicha, kengashda o‘zini AQSh ko‘zi o‘ngida oqlash uchun vaqt kam.
Ayni vaqtda BMTning inson huquqlari kengashiga 47 ta davlat kiradi.
Mavzuga oid
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026