Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijondagi “Aviakassalar” bekati nomi baribir o‘zgartirildi
Avvalroq, yangi qurilayotgan yo‘llar, ko‘chalar va bekatlarga nom berishdagi xato va kamchiliklar haqida yozgandik. Bunga Andijon shahridagi yangi qurib, bitkazilgan bekatga "Aviakassalar" nomi berilishi sabab bo‘lgandi.
Kun.uz tahririyatiga ma'lum bo‘lishicha, shundan so‘ng mutasaddi rahbarlar ishtirokida mazkur masala ko‘rib chiqilib, ijobiy yechim topildi. Andijon shahridagi Boburshoh ko‘chasidagi "Aviakassalar" bekati Zahiriddin Muhammad Bobur nomiga o‘zgartirildi.

Biz Andijon shahar hokimligining mutasaddi rahbarlariga jamoatchilik fikrini inobatga olganligi, tilga olingan masalaning o‘z vaqtida hal qilinishida yordamini ayamagani uchun minnatdorlik izhor etamiz.
Mavzuga oid
17:24 / 01.01.2026
Bobur shahrida rassomlar festivali tashkil etiladi
23:01 / 24.12.2025
OChL-2. «Andijon» biror marta g‘alaba qozonmadi va guruhda qolib ketdi
12:21 / 22.12.2025
Andijonda bozor rastasi quladi (video)
22:08 / 13.12.2025