Jahon | 10:43 / 15.03.2017
8082
1 daqiqa o‘qiladi

DAQ: 2016 yilda rekord darajada aviatsiya hodisalari ro‘y berdi

2016 yilda jahonda so‘nggi 25 yildagi eng ko‘p aviahodisalar sodir bo‘lgan. Bu haqda  Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi hisobotida so‘z yuritilgan.

Hujjatga ko‘ra, 2016 yilda jami 63 aviahodisa ro‘y bergan, ularning 28tasi tijoriy aviatsiyada, 35tasi umumiy foydalanishdagi aviatsiyada qayd etilgan. DAQda ta'kidlashlaricha, 2016 yil aviahalokatlar va qo‘mita olib borgan surishtiruv ishlari soni bo‘yicha so‘nggi 25 yildagi eng yirik natija bilan yodda qolgan. 

DAQ hisobotiga ko‘ra, inson omili sabab bo‘lgan aviahalokatlar soni umumiy hodisalarning 94 foizini tashkil etgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid