Jahon | 08:02 / 15.03.2017
3258
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada sharqidagi kuchli yog‘ingarchilik ko‘plab noqulayliklarga olib keldi

Kanadada kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda. Ob-havo mutaxassislarining prognozlariga ko‘ra, mamlakatning sharqiy viloyatlari Ontario, Kvebek va Nyu-Bransuikda bir sutkada 50 santimetrgacha qor yog‘ishi mumkin.

Ayni vaqtda yomon ob-havo sharoitidan Ontario viloyatining janubiy qismi, Toronto va poytaxt Ottava shaharlari aholisi ko‘proq aziyat chekmoqda. Milliy meteorologik byuro bu yerlarda yaqin soatlarda 30 santimetrgacha qor yog‘ishini prognoz qilmoqda. Shuningdek, 21 graduslik sovuq harorat qayd qilingan.  

Torontodagi Pirson aeroportida 500 dan ko‘proq reys bekor qilingan. Ottava va Kanada sharqidagi boshqa shaharlarda yuzlab reyslar noma'lum muddatga qoldirilgan yoki bekor qilingan.  

Mamlakatning avtomobil yo‘llarida ham ko‘plab yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lmoqda. Kingston yaqinida ko‘plab mashinalar ishtirokida yuz bergan avtohalokatga tushgan yuk mashinalaridan biridan atrof-muhitga zaharli moddalar sizib chiqqan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid