Jahon | 11:50 / 15.03.2017
6731
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada yangi prezident saylanadigan kun ma'lum

Janubiy Koreyada muddatidan ilgari prezidentlik saylovlari 9 may kuni bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda AP agentligi.

Janubiy Koreya qonunchiligiga muvofiq, muddatdan ilgari prezidentlik saylovlari mamlakat konstitutsiyaviy sudi prezident Pak Kin Xening impichmentini qonuniy deb topganidan so‘ng 60 kun ichida o‘tkazilishi kerak. Sud bunday qarorni 10 mart kuni chiqardi.

Janubiy Koreyada bosh vazir Xvan Gyo An vaqtinchalik prezident vazifasini bajarmoqda.

Ma'lumot uchun, mamlakat parlamenti deputatlari o‘tgan yilning dekabr oyida Pak Kin Xega nisbatan impichment uchun ovoz berishgandi. Bu prezident aralashib qolgan korrupsiya mojarosi fonida yuz berdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid