Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Donald Tramp Havayi sudi qarorini «vakolatlardan chiqish» deb baholadi
AQSh prezidenti Donald Trampning bayonot berishicha, Havayi federal sudining qarori «vakolatlaridan chiqish» hisoblanadi. Havayi federal sudi prezident Trampning yangi migratsiya farmoni ijrosini vaqtincha to‘xtatgan edi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.
«Bu, ko‘pchilikning fikricha, sud vakolatlaridan tashqariga chiqish hisoblanadi», — degan Tramp Tennessi shtati Neshvill shahridagi mitingda qilgan chiqishida.
Avvalroq, Amerikaning Havayi shtati federal sudyasi Derrik Uotson Trampning yangi migratsiya farmoni ijrosini to‘xtatgani haqida xabar qilingan edi.