Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Efiopiyadagi chiqindixonada yuz bergan fojia qurbonlari soni 113 nafarga yetdi
Efiopiya poytaxti Addis-Abeba chekkasida joylashgan chiqindi poligonida chiqindi uyumlarining qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 113 nafarga yetdi. Bu haqda AFP axborot agentligi xabar bermoqda.
Avvalroq 82 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.
Chiqindi uyumi ostidan jasadlar chiqarib olinishi bilan birga ijtimoiy taranglik oshmoqda. Poligonning o‘zida bedarak yo‘qolganlar yaqinlari va qutqaruvchilar o‘rtasida bir necha martalab tartibsizliklar va to‘qnashuvlar yuz berdi. Odamlar hukumatni harakatsizlikda va yetarlicha yordam yo‘qligida ayblamoqdalar. Ta'kidlanishicha, voqea joyida bor-yo‘g‘i 2-3 ta buldozer ishlamoqda, mahalliy aholi esa o‘z yaqinlarini mustaqil ravishda topishga harakat qilmoqda.
Fojia yuz bergan Koshe chiqindixonasi 50 yildan ko‘proq mavjud bo‘lgan. U bir necha yil avval rasman yopilgan. Chiqindilar uchun mo‘ljallangan yangi poligon qo‘shni tumanda barpo etilgan, biroq u yerda yashovchi fermerlar unga olib boruvchi yo‘llarni to‘sib, poligonga chiqindi tashlashlarni cheklab qo‘yishgan. Oqibatda bir necha oy avval chiqindi tashuvchi mashinalar chiqindilarni yana Koshe chiqindixonasiga tashlashni boshlagan. Eski poligonda uylar qurib, chiqindilarni to‘plash va saralash bilan shug‘ullangan bir necha yuzlab kishilar yashagan. Chiqindi uyumi ko‘chkisi shu uylarni va ularda yashovchi odamlarni bosib qolgan.
15 mart kuni Efiopiyada fojia qurbonlari xotirasiga 3 kunlik motam e'lon qilindi. Qutqaruv operatsiyasi davomida 40 ga yaqin kishini qutqarib qolishga muvaffaq bo‘lingan.
Mavzuga oid
14:48 / 10.09.2025
Efiopiya Afrikadagi eng yirik gidroelektr stansiyani ishga tushirdi
08:01 / 08.08.2025
Efiopiya yo‘lovchi samolyotlarini Rossiyaga ijaraga berishdan bosh tortdi
13:43 / 07.08.2025
Ethiopian Airlines o‘z samolyotlarini Rossiyaga ijaraga bermaydi
16:52 / 01.01.2025