Floyd Meyvezer Chechenistonga tashrif buyurdi
15 mart kuni Moskva viloyatida o‘z nomidagi akademiyani ochgan, afsonaviy amerikalik bokschi Floyd Meyvezer 16 mart kuni Checheniston poytaxti Grozniyda bo‘ldi va "Axmat" jang klubiga tashrif buyurdi.
Bokschi Moskvada bir kun bo‘lib, Jukovkadagi akademiyasida rossiyalik bokschilarga master-klass bergan. Bokschi Checheniston rahbari Ramzan Qodirov taklifiga ko‘ra Moskvadan Grozniyga yo‘l olgan. Meyvezer "Axmat" klubiga tashrif buyurishdan oldin respublika rahbariyati bilan tushlik qilgan.
Shuningdek, mehmon uchun Ramzan Qodirovning farzandlari ko‘rgazmali jang o‘tkazishgan. Bokschi ularni munosib baholagan.
Tushlikdan keyin bokschi ishtirokidagi delegatsiya "Axmat" klubiga yo‘l olgan. Bu yerda amerikalik uchun ekskursiya uyushtirilgan. Unga mashg‘ulot jarayoni va qo‘lga kiritilgan unvonlar namoyish qilingan. Jahon sporti afsonasiga aylangan bokschi bunday qabuldan keyin "Axmat – kuch" ("Axmat — sila") degan iborani yodlab olgan.
Ta'kidlash joizki, Meyvezer Moskvada bergan matbuot-anjumanida UFC chempioni Konor Makgregor bilan joriy yilda jang o‘tkazishga tayyorligini yana bir marotaba aytib o‘tgan. Bokschi mehmonxonaga qaytgach esa unga tayyorlab qo‘yilgan "syurpriz"ni ko‘rgan: xonada bokschini ikki yildan beri uning qaramog‘ida bo‘lgan ikkita yo‘lbars kutib turgan edi.
Mavzuga oid
09:50 / 31.10.2024
Qodirov: Chechenistondagi dron hujumi oqibatida ukrainalik asirlar halok bo‘ldi
22:32 / 29.10.2024
Chechenistonda maxsus kuchlar universitetiga dron hujum qildi. Ramzan Qodirov qasos olishga va’da berdi
14:30 / 22.10.2024
WSJ: Qodirovning tarafdorlari Mariupoldagi zavoddan texnikani olib chiqyapti
21:22 / 17.10.2024