Sport | 11:45 / 16.03.2017
7795
1 daqiqa o‘qiladi

Messi ortidan Krishtianu Ronaldu ham Suriyadagi bolalarni qo‘llab-quvvatlab chiqdi

«Real» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu xalqaro bolalar tashkiloti YUNISEF tomonidan joriy etilgan «Suriyadagi bolalarni asrang» aksiyasida ishtirok etdi.

«Bugun Suriyadagi bolalar haqida o‘yladim. Misol uchun bu rasmdagi Umar kabi bolalar haqida. U katta bo‘lsa sartarosh bo‘lishni orzu qiladi. Suriyadagi bolalarni qutqarib qolaylik», – deb yozgan Ronaldu «Instagram»dagi sahifasiga.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Lionel Messi shunday chorlov bilan chiqqan va u urushni to‘xtatish uchun birdamlikka chorlagandi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid