Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev muddatidan avvalgi saylovlar haqidagi savolga javob berdi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat parlamenti deputatlarining muddatidan avvalgi saylovlari haqidagi savolga javob berdi. Bu haqida "Tengrinews" xabar berdi.
"Yaxshi ibora bor: yangi saylovlar va to‘ydan keyin har doim ham o‘zing istaganingga erishavermaysan. Nima uchun odamlar yangi saylovlarni qiziqish bilan kutishadi? Parlament 2021 yilgacha saylangan va u o‘z muddatini o‘taydi", - dedi Nazarboyev jurnalistlarning savollariga javob berar ekan.
Nazarboyev 16 mart kuni bir qator ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Unda "Kazaxstan", "Xabar", "MIR" telekanallari, "Ayqyn" gazetasi, Esquire jurnali hamda "Kazinform" axborot agentligi ishtirok etdi.
Davlat rahbari jurnalistlar bilan "Qozog‘istonning uchinchi modernizatsiyasi: global raqobatbardoshlik" dasturini amalga oshirish doirasida mamlakat iqtisodiyotini transformatsiyalash jarayonining bir qator jihatlari, aksilkorrupsiya faoliyati masalalari, joriy siyosiy modernizatsiya bosqichining xususiyatlari, Qozog‘istonning BMT Xavfsizlik Kengashining nodoimiy a'zosi sifatidagi tashqi siyosiy ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek boshqa bir qator muhim mavzularni muhokama qildi.
Mavzuga oid
11:44 / 16.04.2026
Isroil va Livan 30 yildan so‘ng muzokara stoliga qaytadi
13:42 / 16.03.2026
Isroil raketa to‘suvchi vositalar tanqisligi haqidagi xabarlarni rad etdi
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
12:18 / 11.03.2026