Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiyada kemalar uchun ilk tunnel qurish rejalashtirilmoqda
Norveg dengizi Stadxavet qadimdan kemalar qatnovi uchun eng xavfli hududlardan hisoblangan. O‘z davrida vikinglar bu xavfli suvlardan suzib o‘tmaslik uchun uni aylanib o‘tishni yoki o‘z qayiqlarini quruqlik orqali olib o‘tishni afzal ko‘rganlar. Stadxavet dengizida yiliga kamida 100 kun bo‘ronlar hukm suradi va u ko‘plab kemalalar va ularning jamoalariga katta xavf soladi. Bu dengizga tushmaslikka imkon beradigan, kemachilikda ilk tunnel qurish g‘oyasi 20-asrning 70-yillaridayoq paydo bo‘lgan, biroq buni amalga oshirish mumkin bo‘lgan texnologik darajaga endigina erishildi.
Tunnel Stad Ship Tunnel deb nomlandi va u har kuni Stadxavet dengizi orqali 70-120 kemaga xavfsiz kechish imkonini beradi. Tunnel loyihasini yaratishni boshlashga Snohetta arxitektura kompaniyasi jalb etildi va uning rassom va dizaynerlari loyihaning dastlabki narxi va tunnel qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini namoyish qiluvchi bir nechta suratlar yaratishdi.
Tunnelning shimoliy qirish qismi Sele shahri, janubiy kirish qismi esa Molde shahri yaqinida joylashadi. Tunnelning janubiy qismida ko‘prik quriladi va barcha xohlovchilar undan tunnelga kirayotgan va undan chiqayotgan kemalarni tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi. Xaritada tunnel sariq chiziq bilan belgilangan, uzuq chiziqlar bilan esa kemalar hozirda suzib o‘tadigan yo‘nalishlar belgilangan.
Norvegiya parlamenti tunnel qurilishini boshlash uchun bir milliard norveg kroni (118 mln dollar) ajratdi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, qurilishning umumiy byudjyeti 2,3 milliard norveg kronini (272 mln dollar) tashkil qiladi. Agar loyiha mualliflari belgilangan muddatda tunnelni barpo eta olsalar, unda Norvegiya tez orada katta diqqatga sazovor joyga ega bo‘ladi. Qurilish rahbari Tere Andrissenning aytishicha, tunnel loyihasi insonning tabiatga qo‘pol aralashuvi bo‘lmaydi. U maksimal chiroyli ko‘rinishga ega bo‘ladi va atrof landshaft bilan uyg‘unlashib ketadi.
Andrissenning aytishicha, tunnel qurilishi 2019 yilda boshlanadi.




Mavzuga oid
08:16 / 09.06.2026
Norvegiya dunyodagi eng chuqur suvosti tunnelini qurmoqda
20:10 / 04.06.2026
Rossiya va AQSh Alyaska va Chukotka o‘rtasidagi tunnel bo‘yicha shartnoma imzolashi mumkin
08:59 / 28.05.2026
Norvegiya Fransiyaning yadroviy “qalqoni”ga qo‘shildi
21:26 / 05.05.2026