Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryo viloyati hokimining yangi o‘rinbosari tayinlandi
Sirdaryo viloyati hokimligida ijtimoiy soha, ma'naviyat-ma'rifat tizimi vakillari, yoshlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining a'zosi Otabek Abduhamidovich Abdug‘aniyevni Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasiga tayinlanganligi to‘g‘risidagi qarorni o‘qib berdi.
“Otabek Abdug‘aniyev bildirgan ishonchni oqlashga, bor kuch va bilimini viloyatda sohani rivojlantirish uchun sarflashga so‘z berdi”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
22:59 / 05.05.2026
"Singlimni xo‘rlashgan": Sirdaryodagi mudhish qotillik haqida reportaj
19:28 / 01.05.2026
Sirdaryoda qotillikda gumonlanayotgan ayol qamoqqa olindi
14:14 / 23.03.2026
Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi pora bilan qo‘lga olindi
20:00 / 14.03.2026