Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning Istiqbol boshi berk ko‘chasi Nukus ko‘chasi bilan qayta bog‘lanadi
Toshkent shahrida bir necha yil avval boshi berk ko‘chaga aylangan Istiqbol ko‘chasi qayta ochilmoqda. O‘shanda shahar markazini Farg‘ona yo‘li ko‘chasi bilan bog‘lovchi ko‘prik ham olib tashlangan, shundan so‘ng, Istiqbol ko‘chasining Nukus ko‘chasiga burilish qismi yashil hududga aylantirilgan edi.
Ayni vaqtda ushbu joyda tuman obodonlashtirish xizmatlari ishlamoqda. Unga doir fotosuratlar Facebook tarmog‘idagi "Voditeli Tashkenta" guruhida joylashtirilgan.
Toshkent shahar YHXBB ma'lum qilishicha, yangi yo‘l Navro‘z bayramiga qadar ochiladi. Shu bilan birga, ayrim xabarlarga ko‘ra, yo‘lni Farg‘ona yo‘li bilan bog‘lovchi avvalgi ko‘prikni tiklash loyihasi ko‘rib chiqilmoqda.
Aytish joizki, ko‘prikning olib tashlangan hududida ko‘p qavatli uylar barpo qilingan.





Mavzuga oid
15:47 / 25.06.2026
Toshkentda tug‘uruqqa sog‘lom kirgan 21 yoshli ayol ikki oydan buyon og‘ir ahvolda
12:29 / 25.06.2026
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026