Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 14:20 / 17.03.2017
14121
1 daqiqa o‘qiladi
O‘smir bog‘dan og‘irligi 7,44 qirot keladigan olmosni topib oldi
Amerikaning Arkanzas shtatida Kalel Lengford ismli o‘smir og‘irligi 7,44 qirot keladigan olmosni topib oldi. Bu holat «Olmosli vulqon og‘zi» davlat bog‘ida ro‘y bergan, deb xabar qilmoqda Fox News.
«U oqimdan bir necha dyuym berida edi hamda yonida bir xil hajmdagi toshlar yotgandi», - deya aytib o‘tdi u.
O‘smirning ta'kidlashicha, olmosni o‘ziga sovg‘a tariqasida qoldirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Serra-Leoneda og‘irligi 709 qirot keluvchi olmos topishgani xabar qilingandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish