Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda bayram kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?
O‘zbekistonning ba'zi hududlarida Navro‘z bayramini nishonlash kunlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deb xabar bermoqda Respublika Gidrometeorologiya markazi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 19-21 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, 22 mart kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan o‘z yo‘nalishini g‘arb tomonga o‘zgartirib, 7-12 metr tezlikda esadi, 21-22 mart kunlari 15-20 metr tezlikkacha kuchayishi mumkin. 19 mart kuni havo harorati kechasi 2-7 daraja iliq, 20-22 mart 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 19-20 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21 mart kuni alohida tumanlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 22 mart kuni yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan o‘z yo‘nalishini g‘arb tomonga o‘zgartirib, 7-12 metr tezlikda esadi, 21-22 mart kunlari 15-20 metr tezlikkacha kuchayishi mumkin. 19 mart havo harorati kechasi 3-8 daraja iliq, 20-22 mart 5-10 daraja iliq, 19-20 mart kunlari kunduzi 17-22 daraja issiq, 21-22 mart kunlari 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 19-20 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21-22 mart kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan o‘z yo‘nalishini g‘arb tomonga o‘zgartirib, 7-12 metr tezlikda esadi, 21-22 mart kunlari 15-20 metr tezlikkacha kuchayishi mumkin. 19-20 mart kunlari havo harorati kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja issiq, 21-22 mart kunlari kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 19-20 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21-22 mart kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan o‘z yo‘nalishini g‘arb tomonga o‘zgartirib, 7-12 metr tezlikda esadi, 21-22 mart kunlari 15-20 metr tezlikkacha kuchayishi mumkin. 19 mart kuni havo harorati kechasi 3-8 daraja iliq, 20-22 martda 7-12 daraja iliq, 19-20 mart kunlari kunduzi 18-23 daraja issiq, 21-22 mart kunlari 15-20 daraja issiq.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 19-20 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21-22 mart kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan o‘z yo‘nalishini g‘arb tomonga o‘zgartirib, 7-12 metr tezlikda esadi, 21-22 mart kunlari 15-20 metr tezlikkacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 3-8 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, 19-20 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21-22 mart kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan o‘z yo‘nalishini g‘arb tomonga o‘zgartirib, 7-12 metr tezlikda esadi, 21-22 mart kunlari 15-20 metr tezlikkacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 0-5 daraja, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
19:05 / 15.06.2026
Issiq haftada jala ham kutilmoqda
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
14:05 / 13.06.2026