Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda qo‘nmoqchi bo‘lgan ikki samolyotga chaqmoq urildi
Istanbuldagi Otaturk nomidagi aeroportga qo‘nmoqchi bo‘lgan ikkita samolyotga chaqmoq urildi. Bu haqda Dogan axborot agentligi xabar bermoqda.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, chaqmoq birinchi samolyot korpusiga urilganda, dispetcherlar bu haqda ikkinchi samolyot uchuvchisiga xabar berishgan.
Ikkinchi samolyot uchuvchilari bundan qochish uchun qo‘nish oldidan qo‘shimcha aylanaga ketishga qaror qilishgan, biroq chaqmoq baribir samolyotga urilgan.
Shunga qaramasdan, ikki samolyot ham muvaffaqiyatli qo‘na olgan. Voqea oqibatida jabrlanganlar borligi yoki samolyotlar shikastlangani haqida hech narsa ma'lum qilinmagan.
Mavzuga oid
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
18:08 / 09.06.2026
Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib, vafot etdi
13:14 / 07.06.2026