40 dan ko‘proq somalilik qochqin shafqatsizlarcha otib tashlandi
Yaman sohillari yaqinidagi Bab-al-Mandab bo‘g‘ozida 42 nafar somalilik qochqin o‘zlari ketayotgan kemaga uyushtirilgan hujum qurbonlariga aylandilar, deb xabar bermoqda Euronews telekanali.
80 kishi hujumdan omon chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Hujum vertolyotdan amalga oshirilgan. Qochqinlar yonida BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining hujjatlari bo‘lgan.
"Hujum dengizda odamlar Sudandagi Ras Al-Ar'a lageriga ketayotganlarida yuz bergan. Ularda rasmiy hujjatlar bo‘lgan, biroq shunga qaramay ularga shafqatsizlarcha zarba berilgan. Inson hayotiga zarracha hurmat yo‘q!", deb aytgan sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati xodimi.
Fojia xusiylar nazorati ostida bo‘lgan Xudaydo shahri yaqinida yuz bergan. BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari rasmiy vakili Uilyam Spindler hujum oxirgi kunlar bu hududda avj olgan janglar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini aytgan.
Hujum uchun javobgarlikni hech qaysi guruh o‘z zimmasiga olmagan.
Mavzuga oid
11:20 / 11.11.2024
AQSh Yamandagi husiychilarning qurol omborlariga zarba berdi
09:20 / 05.08.2024
Somali poytaxtidagi teraktda 32 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlandi
12:37 / 27.07.2024
AQSh husiychilarning uchuvchisiz uchoqlari va dengiz dronlari yo‘q qilinganini bildirdi
08:30 / 21.07.2024