Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saddam Husaynga 40 marta rad javobi qaytarishdi
Iroqning sobiq prezidenti Saddam Husaynning hindistonlik adashi 2 yildan buyon o‘ziga ish topa olmayapti va ismini o‘zgartirish uchun sudga murojaat qilishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Hindustan Times nashri xabar tarqatdi.
Saddam Husayn 2003 yilning aprelida AQSh va Buyuk Britaniya harbiylari boshchiligidagi xalqaro koalitsiya kuchlarining Iroqqa hujumi ortidan hukumatdan ag‘darilgan edi. Iroq Oliy sudi uni 1982 yili Ad-Dudjyeyl qishlog‘ida 148 nafar kishini ommaviy qirg‘in qilganlikda ayblab, o‘lim jazosiga mahkum etgan va u 2006 yilning dekabrida qatl etilgan edi.
"Odamlar hamisha meni yollashga qo‘rqishmoqda", — deya hindistonlik Husaynning so‘zlarini keltirgan gazeta. Uning so‘zlariga ko‘ra, u "boshqa jinoyatchi tufayli vaziyat qurboni"ga aylangan. Husaynning aytishicha, u kemachilik kompaniyalariga ishga yollanmoqchi bo‘lganida 40 marta rad javobi olgan va uzoq vaqt davomida buning sababini tushunmay kelgan.
"Shundan so‘ng, men kompaniyalarning kadrlar bo‘limlariga murojaat qila boshladim, ulardan ba'zilari javob berishdi. Gap mening ismimda ekan", — degan hindistonlik.
Nashrning yozishicha, u endi ismi Sadjid bo‘lishini va shuni tasdiqlovchi zarur hujjatlarni olishni istamoqda. Lekin hozircha universitet uning diplomdagi ismini o‘zgartirmoqchi emas, buning uchun undan 10 va 12- sinflarni bitirgani haqidagi guvohnomadagi ismi o‘zgartirilishi talab qilinmoqda.
Saddam Husayn O‘rta ta'lim bo‘yicha markaziy organga maktabni bitirgani to‘g‘risidagi guvohnomadagi ismini o‘zgartirishni so‘rab murojaat qilgan, ammo javob olmagan. Shu masalada u Jarkhand shtati sudiga ham yuzlangan. Sud tinglovi shu yilning 5 mayida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
11:30 / 21.12.2024
Qo‘rqmas jangchi – Saddam Husaynning nabirasi amerikalik askarlarga qarshi qanday jang qilgandi?
08:12 / 19.06.2024
Hayit kuni osilgan Saddam Husayn. Iroq tanazzuli qanday ro‘y bergandi?
18:21 / 07.04.2023
Bosqindan 20 yil o‘tib: aksariyat iroqliklar Saddam Husayn davrida yashash darajasi yaxshiroq bo‘lgan deb hisoblaydi
10:35 / 25.03.2023