Sport | 00:58 / 20.03.2017
3644
3 daqiqa o‘qiladi

A Seriya. «Yuventus»da minimal, «Atalanta» va «Bolonya»da yirik hisobli g‘alabalar

Italiya A Seriyasining 29-turida «Yuventus» «Sampdoriya» maydoniga safar qildi va kichik hisobdagi g‘alaba bilan qaytdi. Genuyaliklar 7 uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatsiz seriyani qayd etgandi.

Uchrashuvdagi yagona gol 7-daqiqada Xuan Kuadrado tomonidan urildi. 23-daqiqada «keksa sinoralar» jamoasi hujumchisi Paulo Dibala jarohat tufayli o‘yinni davom ettira olmadi. 

Ushbu g‘alabadan keyin «Yuventus» turnir jadvalida «Napoli» bilan oradagi farqni yana 10 ochkoga yetkazdi.

Turning qolgan uchrashuvlarida «Kalyari» va «Latsio» duran o‘ynadi - 0:0, «Fiorentina» safarda «Krotone»ni mag‘lub etdi - 1:0, «Bolonya» «Kevo» 4:1 hisobida, «Atalanta» esa «Peskara»ni 3:0 hisobida yengdi.

Italiya A Seriyasi, 29-tur

Sampdoriya – Yuventus 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 7 Kuadrado.
Sampdoriya – Pudjoni, Shkrinyar, Silvestre, Redjini, Barreto, Sala, Fernandesh (Shik, 53; Djurichich, 75), Torreyra (Prat, 63), Linetti, Kualyarella, Muriel.
Yuventus – Buffon, Rugani, Bardzali, Dani Alves, Asamoa, Pyanich, Xedira, Kuadrado (Lemina, 73), Mandjukich, Dibala (Pyatsa, 28), Iguain (Lixtshtayner, 85).
Ogohlantirishlar: Dani Alves (83), Redjini (83).

Atalanta – Peskara 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 13 Gomes, 2:0 – 69 Grassi, 3:0 – 90 Gomes.
Atalanta – Gollini, Kaldara, Masello, Toloi, Xatebur, Kristante (Paloski, 63), Spinatstsola, Gomes, Froyler, Grassi (Milyachcho, 85), Petanya (Kessie, 63).
Peskara – Bissarri, Bovo, Biragi, Koda, Dzampano, Verre (Kulibali, 70), Muntari, Benali, Memushay (Kastanos, 80), Kreshentsi (Baebek, 80), Cherri.
Ogohlantirishlar: Muntari (27), Masello (62), Verre (67), Xatebur (89).

Kalyari – Latsio 0:0 (0:0, 0:0)
Kalyari – Bittenkur, Alvesh, Murru, Pizakane (Salamon, 86), Isla, Ionitse, Joao Pedro, Padoin, Dessena (Farago, 9), Taxtsidis, Sau (Farias, 67).
Latsio – Strakosha, Radu (Jorjyevich, 67), Basta (Gabarron, 80), de Vrey, Xudt, Lulich, Bigliya, Felipe Anderson, Parolo, Keyta (Luis Alberto, 71), Immobile.
Ogohlantirishlar: Farago (28), Bigliya (70), Pizakane (71), Isla (71), de Vrey (81).

Bolonya – Kevo 4:1 (0:1, 4:0)
Gollar: 0:1 – 40 Kastro, 1:1 – 61 Verdi, 2:1 – 72 Jyemaili, 3:1 – 90 Jyemaili, 4:1 – 90 Di Franchesko.
Bolonya – Anjyelo, Xelander, Mayyetta, Kraft (Di Franchesko, 60), Gastaldello, Jyemaili, Nad, Verdi, Pulgar, Kreychi (Mbayye, 84), Destro (Petkovich, 69).
Kevo –    Sorrentino, Spolli, Frey (Kiyine, 83), Kachchatore, Tsesar, Kastro, Radovanovich, Birsa, Xetemay (de Guzman, 78), Ingleze, Pellisse (Isko, 70).
Ogohlantirishlar: Pulgar (25), Xetemay (28), Spolli (42), Mayyetta (54), Birsa (64).

Krotone – Fiorentina 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 90 Kalinich.
Krotone – Kordats, Ferrari, Chekkerini (Dyusen, 60), Mesba, Roden, Rozi, Krisetig, Barberis (Kapetstsi, 82), Tonev (Trotta, 52), Stoyan, Falchinelli.
Fiorentina –  Teterushanu, Valero, Rodriges, Astori, Ilichich (El-Babakar, 71), Vesino, Keza (Saponara, 66), Badel (Olivera, 71), Telo, Sanches, Kalinich.
Ogohlantirishlar: Kordats (41), Rodriges (61).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid