O‘zbekiston | 08:58 / 20.03.2017
55396
1 daqiqa o‘qiladi

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yangi rahbar tayinlandi

Xorazm viloyat IIB boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 martdagi Farmoni bilan Xorazm viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyatini olib borgan Jo‘rayev Rustam Mirzayevich O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlandi”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi vazir Xudaybergenov Tursunxon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tuzilmasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash ustidan nazorat o‘rnatish va uni muvofiqlashtirish xizmatiga rahbar etib tayinlangan.

Mavzuga oid